Britaniya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayapti
Jamiyat
−
17 iyul 2023
4670Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Torlot diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda bugun, 17 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Saidov Torlotga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdagi roli uchun minnatdorlik bildirgan.
“O‘tgan davrda biz munosabatlarimizda ko‘plab yutuqlarga guvoh bo‘ldik, bundan ham ko‘prog‘i hali oldinda”, deb aytib o‘tgan Saidov o‘z sahifasida.
Ma’lumot uchun, Tim Torlot 2019 yilning yozida Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan. 66 yoshli Tim Torlot 1981 yildan beri diplomatik xizmatda bo‘lib, Buyuk Britaniyaning Ummon, Yangi Zelandiya, Chili, Iroq (elchi o‘rinbosari) va Yaman (elchi)dagi elchixonalarida faoliyat olib borgan, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Serdar Berdimuhamedov Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yazguli Mammedovni lavozimidan ozod etgan edi.
LiveBarchasi