Britaniya Assanjni AQSHga berishga qaror qildi

Olam

image

Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 17 iyun kuni vazirlikning rasmiy vakili ma’lum qildi. 

“17 iyun kuni [Vestminster] Magistrlar sudi va [London] Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng, Assanjning AQSHga ekstraditsiya qilinishi ma’qullandi. Assanj odatdagidek 14 kunlik apellyatsiya berish huquqiga ega”, deya uning so‘zlarini keltiradi “Guardian” gazetasi.

Qo‘shma Shtatlarda 50 yoshli avstraliyalik Julian Assanj Amerika tarixidagi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishning eng yirik ishi bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda. Unga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha 175 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin. O‘tgan oy Londondagi Vestminster magistratura sudi Oliy sud qaroridan so‘ng, Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Oxirgi uch yil davomida Assanj Londonning Belmarsh yuqori xavfsizlik qamoqxonasida saqlanmoqda.

Joriy yilning yanvar oyida Londondagi Vestminster magistratura sudi WikiLeaks asoschisining ekstraditsiya qilinishini noqonuniy deb topdi, chunki autizm va klinik depressiyadan aziyat chekayotgan Assanj AQSH qamoqxonasiga tushib qolsa, o‘z joniga qasd qilishga tayyor. Bu Assanjni AQSHga ekstraditsiya qilishdan bosh tortish uchun asos bo‘ldi, u yerda unga qarshi 18 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi, ammo bu qaror AQSH Adliya vazirligi tomonidan e’tirozga uchradi.

O‘tgan yilning dekabr oyida avstraliyalik advokatlar Buyuk Britaniya Oliy sudida qabul qilingan qaror ustidan shikoyatni ko‘rib chiqishni so‘rab London Oliy sudiga murojaat qilishgan. 24 yanvar kuni London Oliy sudi qaror ustidan Buyuk Britaniya Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkinligi haqida qaror chiqardi. 15 mart kuni oliy sud jurnalistni bu huquqdan mahrum qildi. Ekstraditsiya bo‘yicha yakuniy qarorni Ichki ishlar vaziri Patel qabul qilishi kerak edi.

Julian Assanj – avstraliyalik jurnalist va teleboshlovchi va “WikiLeaks” asoschisi. 

Ma’lumot o‘rnida, Julian Assanj 2010 yilda Shvetsiyada jinsiy zo‘rlash nomusga tegishda ayblangan edi. 2012 yil iyun oyidan beri u Londondagi Ekvador elchixonasi hududida yashirinib yurdi va 2019 yil aprel oyida AQSH so‘roviga binoan hibsga olindi. London sudi Assanjni garov shartlarini buzganlikda aybdor deb topdi va uni 11 oy qamoq jazosiga hukm qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida u josuslik to‘g‘risidagi 18 ta qonunni buzganlikda, shuningdek, maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganlikda ayblanmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Julian Assanj

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing