Britancha urug‘-aymog‘chilik: vazir kuyoviga tenderni yutishda yordam berganlikda ayblanmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyaning Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkokning singlisi boshqaradigan va aksiyalarga vazirning o‘zi egalik qiladigan kompaniya Angliya va Uelsda Milliy sog‘liqni saqlash bo‘linmalari bilan imzolanadigan shartnomani yutgan. Bu haqda sog‘liqni saqlash xodimlari uchun mo‘ljallangan “Health Service Journal” tomonidan chop etilgan maqolada so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yili vazir Xenkok “Topwood Ltd” kompaniyasining 20 foiz ulushiga egalik qilishini e’lon qilgan. Biroq, keyin kompaniya direktori va aksiyalar egasi vazirning singlisi Emili Gilrut ekanligi aniqlangan.

Maqolada qayd etilishicha, Xenkok 2018 yilda Sog‘liqni saqlash vaziriga aylandi. 2019 yilga kelib esa uning hujjatlarni utilizatsiya qilish uchun uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyasi tenderda g‘alaba qilgan.  
 
Kompaniyaning 80 foiz aksiyalari vazirning singlisi Emili Gilrut va kuyovi Tom Gilrut o‘rtasida taqsimlangan.

Vazirlik bergan bayonotgna ko‘ra, Xenkok o‘zini tutish qoidalarini buzmagan va uning deklaratsiyasi barcha talablarga javob beradi.

“Vazirning tenderlar bilan hech qanday aloqasi yo‘q, shuning uchun manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emas”, deyiladi vazirlik bayonotida.  

Ushbu tushuntirish, kutilganidek, hukumatning siyosiy muxoliflarini qoniqtirmagan.

“Afsuski, hukumat yuragida qarindosh-urug‘chilik endi ajablanarli holat emas deb o‘ylayman”, deydi leyboristlardan bo‘lgan Jonatan Ashvort.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing