“Brilliant qo‘l” aktrisasi vafot etdi 

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Mashhur "Brilliant qo‘l" filmi aktrisasi Serafima Xolina Moskvada vafot etdi.  

97 yoshli aktrisani Vernadskiy prospektidagi kvartirasida qizi Lyudmila Golubitskaya o‘lik holda topgan. 

Xolina "Brilliant qo‘l" filmidagi roli bilan tanilgan edi. 

Aktrisa, shuningdek, dublyaj va teatr va aktrisasi bo‘lgan, u 30 dan ortiq filmlarda ovoz bergan, xususan, Sofi Lorenni "gapirtirgan". 

Ma’lumot o‘rnida, Serafima Xolina aktyor Oleg Golubitskiy bilan turmush qurgan, 1995 yilda u beva qolgan. 

Serafima Xolina matbuotga so‘nggi bor 2013 yilda intervyu bergan. 

2020 yilda aktrisaning qizi jurnalistlarga onasining sog‘lig‘i yomonlashganini ma’lum qilgan. 

So‘nggi vaqtlarda uning ko‘zi deyarli ko‘rmay qolgan, shuningdek, u Alsgeymer kasalligiga chalingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Serafima Xolina

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar