BRICS sammitiga taklif qilingan yetakchilarning uchdan bir qismi Putin huzuriga bormaydi

Olam

image

Shu oyda Qozonda bo‘ladigan BRICS sammitiga Rossiya tomonidan taklif qilingan davlat rahbarlarining uchdan bir qismi Prezident Vladimir Putin huzuriga borishdan bosh tortdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga tayanib, “The Moscow Times” xabar berdi.

Yuriy Ushakovga ko‘ra, BRICS sammitida ishtirok etishga rozi bo‘lgan davlatlarning deyarli uchdan biri davlat rahbarlari darajasida vakillik qilmaydi. Unga ko‘ra, tadbirda 32 mamlakat vakillari ishtirok etishini tasdiqlagan, biroq ularning sakkiztasi davlat rahbarlari o‘rniga ikkinchi yoki uchinchi darajadagi vakillarini yuboradi.

Masalan, BRICS a’zosi bo‘lgan Saudiya Arabistoni o‘z yetakchisi bilan vakillik qilmaydi — sammitga qirollikning Tashqi ishlar vaziri tashrif buyuradi. Yana qaysi davlat rahbarlari sammitda ishtirok etmasligi oshkor qilinmagan. Lekin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Braziliya Prezidenti Lula da Silva ishtiroki tasdiqlangan.

Shuningdek, tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, SHHT Bosh kotibi Chjan Min, MDH, YeOII va Ittifoq davlatlari Bosh kotiblari, shuningdek, BRICS’ning Yangi taraqqiyot banki rahbari Dilma Rusef ham ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, BRICS sammiti ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qism – tashkilotga a’zo davlatlar majlisi bo‘lib, ushbu bosqichning asosiy tadbirlari 22 oktyabr va 23 oktyabrning birinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi qism – “BRICS plus/outreach” formati bo‘yicha majlis, unda asosiy mavzu “BRICS va Global Janub – yaxshiroq dunyo yaratishda birgalikda harakat qilish” bo‘ladi. Ushbu bosqich tadbirlari 23 oktyabrning ikkinchi yarmida boshlanib, 24 oktyabrda ham davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin BRICS Yuriy Ushakov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing