BRICS: Putinning yangi puli dollarni sindiradimi?
Intervyu
−
26 Oktabr
921022-24 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Qozon shahrida BRICS birlashmasi davlatlarining 16-sammiti bo‘lib o‘tdi. 2006 yilda tashkil etilgan BRICS birlashmasiga raislik qilgan Rossiya esa o‘z tarixi davomida ilk bor atrofiga 30 ga yaqin mamlakatlarni yig‘a oldi va bu bilan G‘arbga o‘zining yakkalanib qolmaganini isbotlashga urindi.
Prezident Vladimir Putin sammitning asosiy maqsadi sifatida jahon hamjamiyatini eng ko‘p tashvishga solayotgan masalalar – barqaror rivojlanish, qashshoqlikka barham berish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, texnologiya va bilim almashish, terrorizm va transchegaraviy jinoyatlarga qarshi kurash, shuningdek, mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyat haqida gaplashish ekanini aytgan. Ammo Rossiya ishtirokidagi navbatdagi sammit ham o‘zining Ukrainaga qarshi hujumini oqlash va uni ayblash, G‘arbga, AQSHga qarshi bayonotlarsiz o‘tmadi, albatta.
Xo‘sh, bu sammitda kimlar ishtirok etdiyu, nimalarga erishdi? 30 ga yaqin mamlakat yetakchilarini Rossiyaga to‘plagan Putin rostdan ham xalqaro izolyatsiyadan qutiladimi? Mazkur tashkilotga qo‘shilishni istamayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari nega Putin chaqirishi bilan sammitga uchib bordi? Shu va shu kabi savollarga javob topish uchun QALAMPIR.UZ siyosatshunos Shuhrat Rasul bilan suhbatlashdi.
Bular haqda batafsil QALAMPIR.UZ'ning YouTube kanalidagi videoda tanishishingiz mumkin.
LiveBarchasi