Brent neftining narxi bir yildan beri ilk marta 58 dollardan oshdi
Olam
−
02 fevral 2021
2215London ICE birjasida Brent markali neft uchun aprel fyuchers shartnomasining narxi 2 fevraldagi savdoda 58,05 dollarga ko‘tarildi. Bu savdo maydonchasi ma’lumotlari bilan tasdiqlangan. Neft narxlari o‘tgan yilning 21 fevralidan beri birinchi marta barreli uchun 58 dollardan oshdi.
Toshket vaqti bilan soat 19:27 dan boshlab, aprel oyida yetkazib beriladigan Brent fyucherslari 2,63 foizga o‘smoqda va barreli uchun 57,84 dollardan sotilmoqda.
“Investitsiya dunyosi” eksperti Dmitriy Babinga ko‘ra, xomashyoga bo‘lgan talabning yaxshilangan prognozlari va OPEK + ishlab chiqarishni qisqartirish shartlarining yuqori darajada bajarilishi bilan bir qatorda neft narxi bir necha oylik eng yuqori ko‘rsatkichlarni yangilagan. OPEK + mexanizmi samaradorligiga bo‘lgan ishonch mavjud xatarlardan ustun bo‘lib, bozor ishtirokchilarini sotib olishga undagan.
Xabarga ko‘ra, o‘sishning yana bir omili – xalqaro savdo maydonchalarida davom etayotgan optimizm va dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga nisbatan qo‘rquvning pasayishi. Neft narxlarini AQSHning yangi iqtisodiy rag‘batlantirishiga umid ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
LiveBarchasi