Braziliyalik futbolchi noodatiy diskvalifikatsiyaga uchradi
Sport
−
29 iyul 1320 1 daqiqa
Braziliya Oliy sport sudi (OSS) “Internasional” klubi himoyachisi Viktor Gabrielni “Kruzeyro” hujumchisi Gabriel Pek to‘liq sog‘ayguniga qadar o‘yinlardan chetlashtirdi. Bu haqda “The Touchline” xabar berdi.
Joriy yilning 23 iyul kuni Braziliya chempionati 19-tur doirasida bo‘lib o‘tgan “Internasional” va “Kruzeyro” o‘rtasidagi uchrashuvning 58-daqiqasida Viktor Gabriel raqibiga qattiq zarba berib, to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgan.
Tibbiy tekshiruvlar natijasida Gabriel Pekning katta boldir suyagi singani aniqlangan. Futbolchida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va uning tiklanish jarayoni uch-to‘rt oy davom etishi kutilmoqda.
Sud qarorida aytilishicha, jarohatning og‘irligi inobatga olinsa, qoidalarda belgilangan birdan olti o‘yingacha bo‘lgan standart diskvalifikatsiya yetarli emas. Shu sababli Viktor Gabriel raqibi maydonga qaytguncha diskvalifikatsiya qilingan. Shu bilan birga, uning chetlatilish muddati 180 kundan oshmasligi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Mazkur uchrashuv “Kruzeyro”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Live
Barchasi