Braziliyalik darvozabon o‘tkazgan o‘yinlari soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Sport

image

Braziliyaning “Fluminense” klubi darvozaboni Fabio professional futbol tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatida jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Joriy yilning 20 avgustiga o‘tar kechasi “Fluminense” Janubiy Amerika kubogi pley-off bosqichi nimchorak finalida Meksikaning “Amerika” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 44 yoshli darvozabon Fabio asosiy tarkibda maydonga tushib, professional darajadagi 1391-o‘yinini o‘tkazdi. Shu tariqa u ingliz darvozaboni Piter Shiltonning 1390 o‘yindan iborat rekordini yangiladi.

“1391-o‘yinini o‘tkazib, ingliz afsonasi Piter Shiltonni ortda qoldirgan va rekordni yangilaganidan so‘ng “Fluminense” afsonasiga klub prezidenti Mario Bittenkurt va vitse-prezident Mateus Montenegro tomonidan esdalik likopcha va ramziy surat taqdim etildi. Marosimda Fabioning oilasi ham ishtirok etdi”, deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, Fabio 2022 yildan beri “Fluminense” safida to‘p surmoqda. U Braziliya milliy terma jamoasi tarkibida birorta o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsa-da, 2004 yilda Amerika kubogini qo‘lga kiritgan terma jamoa tarkibida bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Fluminense Fabio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar