Braziliyalik chol-kampir rekord o‘rnatdi

Olam

image

Braziliyalik 105 yoshli Manoel Angelim Dino va 101 yoshli Mariya de Souza Dino eng uzoq nikoh rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ular 84 yil 77 kundan beri birga yashab kelmoqda. Ular ilk bor 1936 yilda tanishgan. Manoel Boa-Viajen tumaniga rapaduras (milliy Braziliya konfeti) yig‘ish uchun borgan va u yerda Mariya bilan tanishgan. 1940 yilda ular yana tasodifiy uchrashib qolgan va shu yilda turmush qurgan. 

Juftlik tamaki yetishtirish bilan shug‘ullangan. 13 nafar farzandni voyaga yetkazib, keyinchalik 55 nevara, 54 chevara va hozir esa 12 evarali bo‘lgan. 

“Uzoq umr ko‘rishning siri – sevgi. Buni hatto eng ilg‘or kompyuter bilan ham hisoblab bo‘lmaydi!” deydi Mariya de Souza Dino.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq braziliyalik rohiba Inax Kanabarro Lukas 116 yosh 211 kunlik yoshida dunyodagi eng keksa odamga aylangandi. Yana bir braziliyalik 112 yoshli Joao Marino Neto esa dunyodagi eng keksa erkak deb topilgandi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

rekord Braziliya chol-kampir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing