Braziliyadan topilgan dinozavr bosh suyagi olimlarni hayratga soldi
Olam
−
11 noyabr 2020
134852015 yilda braziliyalik paleontolog, Santa-Mariya federal universitetida faoliyat olib boruvchi doktor Rodrigo Temp Myuller Braziliya janubida toshqotgan qoldiqlar orasida juda yaxshi saqlanib qolgan skeletni topdi. Taxminan 233 million yillik (trias davri) skelet kichik dinozavr “Buriolestes schultzi”ga tegishli edi. Bu haqda “National Geographic” xabar berdi.
Topilmaning asosiy xususiyati jonivor bosh suyagining mukammal darajada saqlanib qolgani edi. Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida paleontologlar dunyodagi eng qadimgi dinozavrlardan birining miyasini to‘liq tikladilar.
“Buriolestes schultzi”ning miyasi nisbatan kichik va vazni 1,5 gramni tashkil qiladi. Uning shakli timsohlar miyasiga o‘xshash bo‘lib, ularda o‘ljani kuzatib borish qobiliyati juda yaxshi rivojlangan. Boshqa tomondan, hayvonning hid bilish qobiliyati juda o‘tkir emasligi aniqlangan. “Buriolestes schultzi” ov vaqti o‘zining ko‘rish qobiliyatiga tayangan.
“Buriolestes schultzi” yirtqich bo‘lgan, ammo u nasabning eng qadimgi vakillaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, yer yuzidagi eng yirik, bo‘yni yo‘g‘on jonivorlar ham aynan “Buriolestes schultzi”dan kelib chiqqan.
Olimlarning ta’kidlashicha, “Buriolestes schultzi”da hid uchun mas’ul bo‘lgan bu tuzilmalar nisbatan kichik. Ammo uning keyingi avlodlarida kuchli hid sezgisi shaklllangan bo‘lib, bu ularning murakkab ijtimoiy xulq-atvorga ega ekanligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu bir vaqtning o‘zida bir nechta umurtqali hayvonlarda uchraydigan xususiyat. Bundan tashqari, hid bilish qobiliyati oziq-ovqat topishda, hazm bo‘lmaydigan o‘simliklarni yaxshiroq ajratishda, yirtqich hayvon hidlarini yig‘ishda yordam bergan.
Yo‘qolib ketgan organizmlarning miyasini o‘rganish ularning xulq-atvoriga oydinlik kiritadi. Biroq yumshoq to‘qimalar, masalan, miya, odatda uzoq vaqt saqlanib qolmaydi.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi