Braziliyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni yuzga yaqinlashdi
Olam
−
08 may
3083Braziliyada suv toshqinlari qurbonlari soni 95 kishiga yetdi, 372 kishi jarohat oldi. Bu haqda Riu Grandi-du-Sul shtati gubernatori Eduardo Leyte ma’lum qildi.
Hozirda 159 ming mahalliy aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan, kamida 131 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.
"95 ta o‘lim ... Raqamlar ortib bormoqda, ammo afsuski, biz hali ham favqulodda vaziyatda bo‘lganimiz sababli ularda noaniqlik yuqori ekanini taxmin qilamiz", deydi Leyte.
Aprel oyining oxirida Braziliyaning Urugvay bilan chegaradosh eng janubiy shtati 1941 yildan beri eng kuchli yog‘ingarchilikka duchor bo‘ldi.
Yomg‘irlar tufayli Riu-das Antas daryosidagi to‘g‘on qulab, yaqin atrofdagi aholi punktlarini suv bosgan.
Umuman olganda, Riu Grandi-du-Sul shtatidagi 497 ta munitsipalitetdan 401 tasi bo‘ron va toshqinlardan jabr ko‘rdi.
Rasmiylar tabiiy ofatdan 1,5 millionga yaqin odam jabrlanganini taxmin qilmoqda.
LiveBarchasi