Braziliyadagi namoyishlarda 1,5 mingga yaqin odam hibsga olindi
Olam
−
10 yanvar 2023
3131Oxirgi ikki kun ichida Braziliyada tartibsizliklar chog‘ida jami 1,5 mingga yaqin odam hibsga olindi. Bu haqda “CNN Brasil” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l-patrul xizmati xodimlari tartibsizliklarda qatnashgan 40 ta avtobusni ushlagan, ulardan birida o‘qotar qurol bo‘lgan.
“Kecha voqea joyida 209 nafar fuqaro hibsga olingan. Bu raqam har doim yangilanmoqda. Umumiy 1,5 mingga yaqin odam qo‘lga olindi”, deydi Adliya va jamoat xavfsizligi vaziri Flavio Dino.
Vazirga ko‘ra, tartibsizliklarda ishtirok etgan yoki ularni moliyalashtirgan shaxslarni aniqlash davom etmoqda. Ularning barchasi yaqin kunlarda sudga topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliyaning sobiq Prezidenti Jair Bolsonaruning yuzlab tarafdorlari namoyishlarga chiqib, poytaxtdagi Oliy sud, vazirliklar va Kongress binolariga bostirib kirdi.
8 yanvar kuni Braziliyaning sobiq rahbari Jair Bolsonaru tarafdorlari politsiya bilan to‘qnashib, Milliy Kongress (parlament), Prezident saroyi va Federal Oliy sudga bostirib kirdi. Oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalarini tan olmagan namoyishchilarga ishlamaydigan kunlarda bo‘sh turgan ma’muriy binolarning bir nechta qo‘riqchilari bas kela olmadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tartibsizliklarda 5 mingga yaqin odam qatnashgan.
Sotsialist Lula da Silva 1 yanvar kuni saylovning ikkinchi bosqichida Bolsonaruni mag‘lub etib, Braziliya prezidenti lavozimiga kirishdi. Ularning orasidagi tafovut taxminan 2 million ovozni tashkil etdi. Konservator mag‘lubiyatni tan olmadi va uning tarafdorlari Lula da Silvaning lavozimga kirishmasligini talab qilib, ommaviy ravishda ko‘chalarga va qurolli kuchlar garnizonlariga chiqdi. 2022 yil dekabr oyi oxirida Bolsonaru AQSHga jo‘nab ketgan.
LiveBarchasi