Braziliyadagi iqlim konferensiyasida yong‘in chiqdi

Olam

image

Kecha, 20 noyabr kuni Braziliyaning Belen shahrida o‘tayotgan BMT iqlim konferensiyasi – COP30 tadbiri o‘tkazilayotgan joyda yong‘in yuz berdi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi

Internetda e’lon qilingan kadrlarda pavilonlardan birini olov qamrab olgani, xavfsizlik xodimlari esa hushtak chalib, odamlarni evakuatsiya qilishga chaqirayotgani ko‘rinadi.

Boshqa pavilonlarda yong‘in signalizatsiyasi ishga tushib, tushdan keyingi muhokamalar to‘xtab qolgan. Ishtirokchilardan binoni tark etish so‘ralgan.

Hodisa joyiga tezda yong‘in o‘chirish mashinalari yetib borgan va olov o‘chirilgan.

Braziliya Turizm vaziri Selso Sabinoning aytishicha, tegishli xizmatlar yong‘in sabablarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. 

“Men bu qasddan qilingan jinoyat deb o‘ylamayman”, degan Sabino. 

Qayd etilishicha, yong‘in konferensiyadagi muhokamalarga yanada taranglik qo‘shgan, chunki sammit yakuniy kelishuvlar bosqichiga yaqinlashayotgan bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Ma’lumot uchun, COP30 – bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 30-yig‘ilishi. COP Parij kelishuvi va BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi ishtirokchi davlatlarining yillik yig‘ilishi.

COP sammitlarida dunyoning deyarli barcha mamlakatlari iqlim o‘zgarishini kamaytirish bo‘yicha majburiyatlar, moliyaviy yordam va global kelishuvlarni muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorvatiya poytaxti sanalmish Zagreb shahrida 16 qavatli bino yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya COP30

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing