Braziliyada yirik YTHda 17 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
10 iyun 2019
2267Yakshanba, 9 iyun kuni Braziliyaning janubiy-sharqida 40 ta avtomobil ishtirokidagi ommaviy to‘qnashuvda 17 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy o‘t o‘chirish xizmatining xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni oshishi ham mumkin.
Halokat San-Paulu shahridan 180 kilometr uzoqlikdagi Kampus-du-Jordau tumanidan o‘tuvchi yirik trassada sodir bo‘ldi. Hozirda ushbu hudud avtomobillardan tozalangan. Jarohatlanganlar shaharcha hududidagi kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda mahalliy kasalxonaga yotqizilganlarning bir nechtasi og‘ir ahvolda qolmoqda. Hukumat ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.
Hodisa sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Mazkur halokatga nima sabab bo‘lgani aniq emas.
LiveBarchasi