Braziliyada suv toshqini qurbonlari 130 nafardan oshdi
Olam
−
11 may
3440Braziliya janubida suv toshqinlari oqibatida kamida 136 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Argentina va Urugvay bilan chegaradosh Rio-Grande-du-Sul shtati fuqarolik mudofaasi xizmati xabar berdi.
“141 nafar kishi bedarak ketgan, 136 nafar kishi esa vafot etgan”, deyiladi hisobotda. Avvalroq suv toshqinlari paytida 113 kishi qurbon bo‘lgani aytilayotgan edi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini tufayli deyarli 340 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan, 1,95 million mahalliy aholi vakili ushbu ofatdan jabrlangan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta boshida Braziliya janubida kuchli yomg‘ir quya boshlagandi. Mamlakat Prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva mintaqaga tashrif buyurgan.
LiveBarchasi