Braziliyada samolyot qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Braziliyaning Amazonas shtatida Embraer Bandeirante samolyoti qulashi oqibatida bortdagi 12 sayyoh va ikki uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda “CNN Brazil” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Samolyot kuchli yomg‘ir paytida qo‘nishga uringan.

Oqibatda ikki uchuvchi va 12 yo‘lovchi halok bo‘lgan. Nashrning qayd etishicha, Embraer bortida baliq ovlash uchun yo‘l olgan sayyohlar bo‘lgan.

Barselus shahri meri Edson de Paula Rodriges Mendes samolyotni baliq ovlash sohasida ishlaydigan tadbirkor ijaraga olganini aytgan.

Samolyot halokatini tekshirish va oldini olish markazi voqea yuzasidan tekshiruv boshlaganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made