Braziliyada koronavirusning yanada xavfli shtammi mutatsiyaga uchramoqda
Olam
−
15 aprel 2021
4269Fiokruz jamoat sog‘liqni saqlash instituti tomonidan Braziliyada tarqalgan virus shtammlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida virusning hujayralarga kirish jarayonida mutatsiyaga uchrayotgani aniqlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu o‘zgarishlar virusni vaksinalarga nisbatan ancha chidamli qilishi, bu esa Lotin Amerikasining eng ko‘p aholiga ega bo‘lgan davlatida jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
"Bu o‘zgarishlar ba’zi vaksinalar samaradorligini sezilarli darajada pasaytirdi. Bu juda tashvishlanarli holat. Chunki, virus hamon mutatsiyalanishda davom etmoqda”, deydi, doktor Naveka.
Tadqiqotlar R1 asl koronavirusga qaraganda 2,5 baravar yuqumli va antitelalarga nisbatan ancha chidamli ekanini ko‘rsatgan.
E’tiborlisi, koronavirusning ushbu varianti bilan zararlagan va intensiv terapiya olgan bemorlarning yarmidan ko‘pi 40 yoshgacha bo‘lganlardir.
Hozircha AstraZeneca va Xitoyning Sinovac kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalar P1 variantga qarshi samarali vosita bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Braziliyada koronavirus bo‘yicha vaziyatning og‘irligi va o‘limlar soni oshgani haqida xabar bergan edik.
Iqbol Ergashova
LiveBarchasi