Braziliyada vaziyat og‘ir. Bir kunda 4 ming odam koronavirusdan vafot etmoqda 

Olam

image
0:00
0:00
download

Shifoxonalar odamlarga to‘lib toshgan, ayrim shaharlarda navbat kutayotgan bemorlar vafot etmoqda, sog‘liqni saqlash tizimi qulash arafasida. Braziliya COVID-19 pandemiyasining global o‘chog‘iga aylangan. So‘nggi sutkada 4155 kishi infeksiyadan vafot etdi.

Mamlakatda koronavirusdan o‘lganlarning umumiy soni hozirda deyarli 337 ming kishini tashkil qilmoqda. Braziliya ushbu ko‘rsatkich bilan koronavirus qurbonlari bo‘yichcha AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. 

Ammo Prezident Jair Bolsonaru epidemiyani oldini olish uchun karantin choralarga qarshi turishda davom etmoqda. Uning ta’kidlashicha, iqtisodiyotga zarar virusning ta’siridan ham yomonroq bo‘ladi.

Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 13 milliondan oshgan. joriy yilning mart oyida 66 570 kishi koronavirusdan vafot etdi, bu fevral oyidagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir.

 

Iqbol Ergashova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing