Braziliyada Bolsonaru tarafdorlari Prezident qarorgohiga bostirib kirdi (fotogalereya)

Olam

image

Braziliyaning sobiq Prezidenti Jair Bolsonaruning yuzlab tarafdorlari poytaxtdagi Oliy sud, vazirliklar va Kongress binolariga bostirib kirishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, namoyishchilar Prezidentning rasmiy ish qarorgohi – Planalto saroyiga ham bostirib kirgan. Namoyishchilar qo‘zg‘olon ko‘tarib, egallab olingan binolarni vayron qilgan.

Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun maxsus qurollardan foydalangan. Braziliya hukumati harbiylarni poytaxtga olib kirishga buyruq bergan.

Shu kunlarda San-Paulu shtatida ish safarida bo‘lgan Luis Inasiu Lula da Silvaning aytishicha, namoyishchilar vandalizm va fashizm harakatlarini sodir etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat tarixida hech qachon bunday hodisa bo‘lmagan.

“Braziliya politsiyasi poytaxtdagi tartibsizliklarda qatnashgani uchun 200 ga yaqin odamni hibsga oldi”, deyiladi mamlakat Adliya vazirligi xabarida.

Hibsga olinganlarga 12 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Huquq-tartibot idoralari Braziliyadagi davlat hokimiyati binolariga bostirib kirish rejalashtirilgan deb hisoblamoqda. Prezident poytaxtda oy oxirigacha favqulodda holat e’lon qilgan.

Ushbu tartibsizliklardan so‘ng, Peru Prezidenti Dina Boluarte Lula da Silvaga birdamlik tilagan hamda uni qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Shuningdek, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi xam Braziliyadagi tartibsizliklardan xavotirda ekanini va amaldagi hukumatni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

“Demokratik an’analarni hamma hurmat qilishi kerak. Biz Braziliya hukumatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi Modi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing