Braziliyada bolalar bog‘chasiga qurolli hujum uyushtirildi

Jamiyat

image

Braziliyaning Saudadis munitsipalitetida bolalar bog‘chasiga hujum qilinishi natijasida besh kishi vafot etdi. Bu haqda Santa-Katarina shtati politsiyasiga tayanib xabar berilgan.

Hujumni machete bilan qurollangan 18 yoshli o‘spirin sodir etgan.

Qurbonlar orasida ikki yoshga to‘lmagan uchta yosh bola va ikki nafar xodim borligi aytilmoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan paytda binoda 30 ga yaqin bola bo‘lgan.

Tarbiyachilar bolalar bilan birga xonada qamalib olgani sababli jabrdiydalar soni ko‘p bo‘lmagan.

Hujumdan keyin tajovuzkor o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, ammo yaqin atrofdagi aholi buning oldini olgan. Ayni paytda u shifoxonada.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing