Braziliya va “Yevropa Braziliyasi” deyarli pley-offdami?

Sport

image

Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turi ortda qoldi. Joriy yilning 24 noyabr kuni “G” va “H” guruh jamoalari kurashga kirishdi.

Braziliyaliklar Jahon chempionatining hozircha eng chiroyli golini urdi! Musobaqada kashfiyot bo‘lishi kutilayotgan jamoa esa qiyin vaziyatga tushib qoldi.

“G” guruhi

Hozircha hammasi Braziliya foydasiga ketmoqda. Besh karra jahon chempionlari to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgani uchun Shveysariyani ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqdi. Braziliyaliklarning ikkinchi bo‘limda qanday o‘ynaganini inobatga olsak, ularda guruh bosqichida aytarli muammo bo‘lmaydi, degan fikr bor. Har holda, agar ikkita jamoa bir xil ochko to‘plagan bo‘lsa, birinchi navbatda to‘plar nisbatiga qaraladi. Hozir Serbiya -2, Shveysariya esa +1 ko‘rsatkichga ega.

Bu holatda serblar Kamerunni kamida ikkita to‘p farqi bilan mag‘lub etishlari va Shveysariya bilan o‘ynaydigan Braziliyaga muxlislik qilishlari kerak. Masalan, keyingi turda Serbiya va Braziliya 2:0 hisobida g‘alaba qozonsa, Bolqon termasida to‘plar nisbati 0, Shveysariyada esa -1 bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, Serbiya 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun so‘nggi turda shveysariyaliklarga yutqazib qo‘ymasa bo‘ldi, ya’ni durang ham serblarni qanoatlantiradi. Ammo so‘nggi turga qadar Bolqon jamoasining to‘plar nisbati yomonroq ko‘rinishda bo‘lsa, ular, albatta, Shveysariyani mag‘lub etishiga to‘g‘ri keladi.

Jahon chempionati 2022. “G” guruhi. O‘yinlar taqvimi:

28 noyabr

15:00. Kamerun – Serbiya;

21:00. Braziliya – Shveysariya.

2 dekabr

00:00. Serbiya – Shveysariya;

00:00. Kamerun – Braziliya.

“H” guruhi

Birinchi turda Portugaliya muxlislarini xursand qildi. Jamoa qiyinchilik bilan bo‘lsada g‘alaba qozondi. Guruhning ikkinchi o‘yinida yana bir golsiz durang qayd etilgani bois, Portugaliya guruhda peshqadam bo‘ldi.

Agar Ronaldu va uning jamoasi keyingi bosqichda Urugvayni mag‘lub etsa, boshqa o‘yin natijasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, portugallarning muddatidan oldin pley-offga chiqishi kafolatlanadi. Portugaliya 1/8 final yo‘llanmasini kafolatlashi uchun qolgan ikki o‘yinda uch ochko to‘plasa kifoya.

Urugvay uch ochko bilan pley-offga yo‘l olishi mumkin. Buning uchun guruhda quyidagicha holat yuz berishi kerak:

Urugvay Portugaliya va Gana bilan durang o‘ynaydi;

Portugaliya Janubiy Koreyani mag‘lub etadi;

Janubiy Koreya Gana durang o‘ynaydi.

Hozircha jiddiy xulosa chiqarish qiyin, ammo 2-turdan keyin vaziyat oydinlashadi. Shuningdek, Portugaliya, Janubiy Koreya va Urugvay besh ochko to‘plashi ham mumkin – u holda to‘plar nisbati guruhda pley-off ishtirokchilarini aniqlab beradi.

Jahon chempionati 2022. “H” guruhi. O‘yinlar taqvimi:

28 noyabr

18:00. Janubiy Koreya – Gana;

00:00. Portugaliya – Urugvay.

2 dekabr

20:00. Janubiy Koreya – Portugaliya;

20:00. Gana – Urugvay.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing