Braziliya va Marokashning guruhida Shotlandiya yetakchiga aylandi

Sport

image

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati “C” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yakunda shotlandiyaliklar 1:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Jamoalar Foksboro (AQSH) shahridagi “Djillett” stadionida to‘qnash kelishdi. Uchrashuvning 29-daqiqasida Shotlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Jon Makginning jarima maydonchasi tashqarisidan yo‘llangan zarbasi rikoshetdan so‘ng gol bilan yakunlandi. O‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi. Kiritilgan golni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

“C” guruhining qolgan ikki jamoasi Braziliya va Marokash hisoblanadi. Ularning o‘zaro bahsi durang (1:1) bilan yakunlandi. 2-turda shotlandiyaliklar Marokash terma jamoasi bilan to‘qnash keladi, Gaiti esa Braziliya jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Har ikkala uchrashuv ham 20 iyunga rejalashtirilgan.

Ushbu o‘yindan so‘ng shotlandliklar “C” guruhida peshqadamga aylanib oldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing