Braziliya Prezidenti Trampga internetda kamroq o‘tirishni maslahat berdi (video)

Olam

image

Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva AQSH Prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, uni “kamroq internetda o‘tirishga va ko‘proq davlat rahbari bo‘lishga” chaqirdi. Bu haqda u joriy yilning 25 iyun kuni mamlakatning energetika sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida gapirdi.

“Bu notinch dunyoda AQSH kabi qudratli mamlakat rahbari o‘z so‘zlarini o‘ylab, e’tibor bilan gapirishi kerak. U ko‘proq davlat rahbari, kamroq internet foydalanuvchisi bo‘lishi, erkin savdo, ko‘p tomonlama hamkorlik va tinchlik haqida ko‘proq qayg‘urishi lozim. Ammo biz har kuni matbuotda nima ko‘ryapmiz? Bu la’nati sarlavhalarga ehtiyoj”, deydi Lula.

Uning aytishicha, Braziliyada ham ilgari shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan prezident bo‘lgan.

“Uning eng kam qiziqqan narsalari haqiqat va mamlakat ehtiyojlari edi”, deydi Prezident.

Bu gaplar bilan Lula, ehtimol, sobiq prezident Jair Bolsonaruni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin. Bolsonaru “tropik Tramp” degan nom olgan va 2020 yilda saylovda Lulaga yutqazgan.

Bu Lula da Silvaning Trampga birinchi marta tanqidiy munosabat bildirishi emas. Joriy yil may oyida Rossiyaga safari chog‘ida u Tramp tomonidan joriy etilgan boj stavkalarini tanqid qilib, AQSHga qarshi chiqqan va Moskva bilan hamkorlikni kengaytirish istagini bildirgan.

Shuningdek, Trampning fevral oyidagi G‘azo sektori bo‘yicha bayonotlarini izohlar ekan, Lula uni “AQSHni boshqarish uchun saylashgan, dunyoni emas”, deb bayonot bergan. O‘shanda Tramp G‘azo aholisini ko‘chirish haqida bir necha bor so‘z yuritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Luis Inasiu Lula da Silva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing