Braziliya Prezidenti Putinning taklifini rad etdi

Olam

image

Braziliya Prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Sankt-Peterburgga kelish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda kecha, 26 may kuni yetakchilarning telefon orqali suhbatidan so‘ng ma’lum qilindi.  

“Men Sankt-Peterburgdagi Xalqaro iqtisodiy forumga taklif qilgani uchun minnatdorchilik bildirdim va hozir Rossiyaga kela olmayman, deb javob berdim”, deb yozgan Lula da Silva Twitter'dagi sahifasida.

Shuningdek, Lula Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarida ishtirok etishga tayyorligini tasdiqlab, Braziliya Xitoy singari “neytral” davlat va urushayotgan tomonlar o‘rtasidagi “vositachi” ekanini bildirgan.

Ma’lumot uchun, prezidentlar telefon orqali muloqotida Rossiya-Braziliya strategik sherikligining ayrim dolzarb jihatlarini muhokama qilib, uni yanada izchil rivojlantirish va turli sohalarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirgan edi. Bundan tashqari, BRICS va boshqa ko‘p tomonlama platformalar doirasida hamkorlikdagi ishlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 21 may kuni Braziliya Prezidenti Inasiu Lula da Silva Xirosimadagi G7 davlatlari sammiti doirasida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashgan edi. Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama strategik sheriklikni, ayniqsa mudofaa, ishlab chiqarish, savdo va qayta tiklanadigan energiya sohalariga doir bo‘lgan mavzular muhokama markazida bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Braziliya Luiz Inasiu Lula da Silva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing