Braziliya Prezidenti emlanmagani sababli stadionga kiritilmadi
Sport
−
12 Oktabr 2021
4528Joriy yilning 10 oktyabr kuni Braziliya A seriyasining 24-turidan o‘rin olgan “Santos” va “Gremio” o‘rtasidagi o‘yinga mamlakat Prezidenti Jair Bolsonaro koronavirusga qarshi emlanmagani sababli yuzlab muxlislar qatorida stadionga kiritilmadi.
Gap shundaki, bu uchrashuv “Santos” klubi uchun COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri “Bila Belmiro”dagi birinchi uchrashuv edi. Shuning uchun klub faqat emlanganlar yoki PSR testining salbiy natijasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lganlargagina stadionga kirishga ruxsat bergan.
“Men “Santos” ishtirokidagi o‘yinni ko‘rishni xohlagandim. Ular esa emlanishim kerakligini aytishdi”, deydi Bolsonaro.
Jair Bolsonaro avval koronavirus bilan kasallangani uchun unda boshqalarga nisbatan antitanachalar miqdori ko‘proq ekanini iddao qilgan va emlashdan bosh tortgan.
“Santos” vakilining aytishicha, Prezident ma’muriyati klub bilan bog‘lanmagan va barcha muxlislar karantin qoidalariga rioya qilishlari kerak. Shu kunga qadar, Braziliyada COVID-19 xastaligidan vafot etganlar soni 600,000 dan ziyodni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, uchrashuvda mezbon klub – “Santos” Vagner Leandroning o‘yin so‘ngida kiritgan goli evaziga g‘alaba qozondi.
LiveBarchasi