Braziliya politsiyasi operatsiyasida 10 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Braziliyaning 3 mintaqasidagi xarobalarda narkotik kontrabandachilari va jinoiy tashkilotlarga qarshi olib borilgan politsiya amaliyotlarida 10 kishi halok bo‘lgan. Xavfsizlik kuchlaridan esa 10 kishi yaralangan. Bu haqda “Agencia Brasil” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, xavfsizlik kuchlari Rio-de-Janeyro shtatining Mare, Morro-do-Juramento va Niteroy tumanlaridagi xarobalarda jinoiy tashkilotlarga qarshi operatsiya o‘tkazgan.

Mare shahridagi operatsiya chog‘ida bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi, jumladan bir politsiyachi yaralangan. 3 tonnaga yaqin gashish, ikkita qo‘l granatasi, pulemyot va boshqa qurollar musodara qilingan.

Morro-du-Juramentoda huquq-tartibot xodimlariga qarata o‘q uzilishi oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan. Bir nafar politsiyachi yaralangan. Niteroyda politsiya patruliga qarata amalga oshirilgan otishma oqibatida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda yana 3 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi yaralangan.

Ma’lumot uchun, Braziliyadagi qurolli to‘qnashuvlarni kuzatuvchi Fogo Cruzado ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yildan buyon Rio-de-Janeyroda politsiyaning 250 ta amaliyoti davomida 1000 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Ko‘pgina inson huquqlari tashkilotlari xarobalarda xavfsizlik kuchlari o‘tkazgan amaliyotlarda politsiyaning noto‘g‘ri xatti-harakatlarini tekshirishga chaqirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing