Braziliya guruh yetakchisi bo‘lib pley-offga chiqdi

Sport

image

Bugun, Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida Shotlandiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Uchrashuv AQSHning Florida shtati, Mayami shahrida bo‘lib o‘tdi. Braziliyaliklar safida Vinisius Junior 7- va 45+3-daqiqalarda dubl qayd etdi. Mateus Kunya esa 60-daqiqada jamoasining uchinchi golini urdi.

Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Neymar 2023 yil 18 oktyabrdan beri ilk bor milliy jamoa safida maydonga tushdi. U 76-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Shu tariqa, Braziliya milliy jamoasi “C” guruhida 7 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Guruhning boshqa uchrashuvida Marokash Gaitini 4:2 hisobida mag‘lub etib, 7 ochko jamg‘ardi. Ammo o‘zaro ko‘rsatkichlar bo‘yicha Braziliyadan ortda qoldi.

Shotlandiya 3 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egalladi. Gaiti esa 0 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi.

1/16 finalda Braziliya joriy yilning 29 iyun kuni “F” guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa bilan bahs olib boradi. Ushbu guruhda Niderlandiya, Yaponiya va Shvetsiya terma jamoalari ikkinchi o‘rin uchun kurashmoqda.

Marokash esa 30 iyunga o‘tar kechasi “F” guruhi g‘olibiga qarshi 1/16 final uchrashuvida maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing