BP o‘zini osgan o‘quvchi qiz haqida ma’lumot berdi

3-sahifa

image

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 17 yoshli o‘quvchi qiz o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar bergan edik. Bosh prokuratura Matbuot kotibi hodisa bo‘yicha QALAMPIR.UZ’ga rasmiy ma’lumot berdi.

Unda bildirilishicha, joriy yilning 22 mart kuni soat 16:00 larda Nishon tumani Oydin mahallasi Islomobod ko‘chasida yashab kelgan 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.N. (maktabning 10-sinf o‘quvchisi) yashash xonasidagi ustunga ro‘mol bilan o‘zini o‘zi osib, vafot etgan.

Marhumaning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Holat yuzasidan Nishon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing