BP Toshkentda “majburiy forma” uchun tilxat olish ortida kim turganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Kecha, 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi maktablarning birida maktab formasi sotib olinishi shartligi bo‘yicha prokuratura xodimlari tilxat yozdirgani haqida xabar tarqaldi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, mazkur xabarni o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tuzilgani va o‘rganish o‘tkazilganini ma’lum qildi.

O‘rganishda, Chilonzor tumanidagi maktablarning birida forma sotib olish bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan hech qanday tavsiya berilmagani va tilxat olinmagani, aslida bu maktab direktorining shaxsiy tashabbusi ekani, biroq u bu jarayonga yolg‘ondan prokuraturani aralashtirgani aniqlangan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmaslik haqida maktab direktori rasman ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilandi. Ya’ni yangi – 2022 yil sentyabr oyidan boshlab ota-onalar yagona maktab formasini xarid qilishga majburiy talab qo‘yilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1017

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing