BP Qashqadaryoda fuqaro uyidan tirik olib ketilib, o‘ligi qaytarilganiga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida IIB xodimlari olib ketgan fuqaro o‘lik holda qaytarilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 25 iyul kuni Nishon tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan chaqiruvga asosan yashash uyidan mast holda olib ketilgan va viloyat narkologiya dispanseriga yotqizilgan Nursoat Muxammadiyev 26 iyul kuni vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Marhumning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Bundan tashqari, N.Muxammadiyevni viloyat dispanserida vafot etganligi hodisasi bo‘yicha viloyat Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalariga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati IIB mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida marhum M.M. “surunkali alkogolizm” natijasida vafot etgani ko‘rsatilganini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

595

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing