BP bog‘chada eri kaltaklagan ayol pichoqlab, o‘ldirilganini tasdiqladi
3-sahifa
−
26 avgust 2022
17203Xabaringiz bor, Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar ko‘z o‘ngida ayol eri tomonidan kaltaklandi. Keyinchalik esa er ayolini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi.
Holatga Bosh prokuratura munosabat bildirib, hodisa tafsilotlarini ochiqladi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 24 avgust kuni Quyichirchiq tumani "Paxtakor" mahallasida yashovchi 31 yoshli erkak S.X. oilaviy kelishmovchiliklar va rashk tufayli 24 yoshli turmush o‘rtog‘i M.X. bilan janjallashib, bog‘cha bolalarining ko‘z oldida turmush o‘rtog‘ini urib, haqorat qilgan.
Ushbu holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB tomonidan o‘rganish ishlari boshlangan.
So‘ngra, ertasiga 25 avgust kuni S.X. qaynotasini uyiga eshikdan oshib tushib, oilaviy muammolar tufayli otasini uyida yashab kelgan turmush o‘rtog‘i M.X.ni yotoqxonasiga kirib, bo‘yin sohasiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Olgan tan jarohati oqibatida, ayol vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Quyi Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha ta’lim vazirligi yuqoridagi holat yuzasidan munosabat bildirib, ayol bog‘chada ishlamasligini, u eridan qochib, MTTga kirganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi