Bozorlardagi narx-navo ma’lum qilindi
Jamiyat
−
03 mart 2022
12259Kecha, 2 mart holatiga ko‘ra, hududiy markaziy dehqon bozorlarida suyakli mol go‘shti 45 mingdan 68 ming so‘mgacha sotilgan. 1 kg qo‘y go‘shtining narxi esa 54 mingdan boshlanib, 80 minggacha chiqqan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, piyoz va kartoshka narxlari 1 haftadan beri o‘zgarmagan. Xususan, 1 kg piyoz 1500 dan 4 500 so‘mgacha sotilgan bo‘lsa, kartoshka 3 mingdan 7 ming so‘mgacha sotilgan.
Sabzi 1000 so‘mdan 5 ming so‘mgacha, guruch esa 5 mingdan 17 500 so‘mgacha sotilgan. 10 dona tuxumning narxi 6 mingdan 14 ming so‘mgacha yetgan.
Buni qarangki, o‘simlik yog‘i va shakar narxlari oradan bir hafta o‘tsa ham o‘zgarishsiz qolibdi. Bozorlardan 1 litr yog‘ni o‘rtacha 13 600 so‘mdan 24 ming so‘mgacha, 1 kg shakarni esa 7 900 so‘mdan 10 500 so‘mgacha xarid qilish mumkin.
LiveBarchasi