Bozorlarda go‘sht qanchadan sotilyapti?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘sht 106 000 so‘mdan sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Toshkentdagi supermarketlardan birida olingan surat sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bozorlardagi iste’mol tovarlari narxini o‘rganib chiqdi. Qayd etilishicha, o‘rganishlar har hafta olib borilib, narxlar o‘zgarishi tahlil etib bormoqda.

Davlat statistika boshqarmasi Qoraqalpog‘iston hududida sotilayotgan go‘sht mahsulotlari narxini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan shahar va tuman markaziy dehqon bozorlarida joriy yilning 13 avgust kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus dehqon bozorida Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi 30 000 so‘mdan, maksimal narxi 40 000 so‘m oralig‘ida kuzatilgan.

Bir hafta oldin, ya’ni 06 avgust kuni mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi 28 000 so‘mdan sotilayotgani e’lon qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Iste’molchilar federatsiyasi tomonidan Sirdaryo viloyatining tuman va shahar bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuvda go‘sht mahsulotlarining quyidagi narxlarda sotilayotgani ayon bo‘ldi.

Mol go‘shti hamda Qo‘y go‘shti (so‘m)

1. Sirdaryo tuman — 48 000 — 50 000
2. Sayxunobod tumani — 47 000 — 50 000
3. Guliston tuman — 47 000 — 50 000
4. Boyovud tuman — 46 000 — 50 000
5. Xovos tuman — 47 000 — 50 000
6. Oqoltin tuman — 48 000 — 50 000
7. Sardoba tuman 41 000 — 45 000
8. Mirzaobod tuman — 47 000 — 50 000
9. Guliston shahar — 47 000 — 50 000
10. Yangi yer shahar — 48 000 — 50 000
11. Shirin shahar — 45 000 — 50 000

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi tomonidan Buxoro viloyati bozorlari o‘rganilganda, shu kunlarda go‘sht mahsulotlari narxi quyidagicha baholanmoqda:

Buxoro shahrida — eng arzon mol go‘shti 38 000 so‘m, eng qimmat narx 43 000 so‘mni ko‘rsatmoqda. Qo‘y go‘shti eng arzon 35 000 so‘m, eng qimmati 38 000 so‘mni ko‘rsatmoqda.

Kogon shahrida – mol go‘shtining eng arzon narxi 46 000 so‘m, eng qimmat narxi 47 000 so‘m. Qo‘y go‘shtini eng arzon narxi 40 000 so‘m, qimmat narxi 42 000 so‘mni ko‘rsatmoqda.

Buxoro tumanida – mol go‘shtining eng arzon narxi 39 000 so‘m, eng qimmat narxi 42 000 so‘m. Qo‘y go‘shti arzoni 38 000 so‘m, qimmati 40 000 so‘m.

Kogon tumanida – mol go‘shtining eng arzon narxi 46 000 so‘m, eng qimmati 47 000 so‘mga sotilmoqda. Qo‘y go‘shti eng arzon narxi 40 000 so‘m, eng qimmati 42 000 so‘m ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Olot tumanida – mol go‘shti 40 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha sotilmoqda, qo‘y go‘shti 35 000 so‘mdan 39 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Qorako‘l tumanida – mol go‘shti 42 000 so‘mdan 46 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 36 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Jondor tumanida – mol go‘shti 44 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 35 000 so‘mdan 37 000 so‘mgacha baholanmoqda.

G‘ijduvon tumanida – mol go‘shti 42000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 40 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Vobkent tumanida – mol go‘shti 45 000 so‘mdan 46 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 44 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Shofirkon tumanida – mol go‘shti 44 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilayotgani kuzatildi.

Peshku tumanida – mol go‘shti 43 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 38 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Romiton tumanida – mol go‘shti 38 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha, qo‘y go‘shti 37 000 so‘mdan 39 000 so‘mgacha sotilayotgani kuzatilmoqda.

Ma’lumot tariqasida shuni aytish lozimki, Buxoro viloyati aholisi iqlim sharoiti va turmush tarzidan kelib chiqqan holda mol go‘shti mahsulotini ko‘proq iste’mol qiladi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumot, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi tomonidan bir kun davomida olingan ma’lumot bo‘lib bu suyakli go‘shtlar uchun qo‘yilgan narxlardir. Har kunlik narx-navo o‘zgarmas yoki aholini butunlay qoniqtirmoqda, deya olmaymiz!


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing