Bozorqo‘rg‘onda 10 kishi paxta dalasida salatdan zaharlandi
Olam
−
25 Oktabr 2019
3912Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Bozorqo‘rg‘on tumanida o‘n kishi zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Kaktus media xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ular paxta terimi paytida konservalangan salat bilan zaharlangan.
Zaharlanganlardan ikki kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Ularning biri yosh bola ekani aytilmoqda. Bolaning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Bemor hozirda mexanik ventilyatsiyada.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, o‘tkir zaharlanish alomatlarida zudlik bilan shifkor murojaat qilish zarur, chunki ba’zi holatlar aynan zaharlanish alomatlariga o‘xshab ketishi mumkin. Bunday holatlar sirasiga, masalan, infarkt miokard xastaligini keltirish mumkin.
LiveBarchasi