Bojxonachilar $1 mln va 503,6 kg giyohvandlik vositalarini to‘xtatib qoldi
Jamiyat
−
20 aprel 2022
11234Joriy yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston chegalarida 503,6 kg giyohvandlik vositalari, 1 million dollar naqd xorijiy valyuta ushlab qolindi. Bu haqda bugun, 20 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yanvar-mart oylarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 barobar ko‘p, ya’ni 503,6 kg giyohvandlik vositalari va 101 ming dona kuchli ta’sir etuvchi, 1,6 ming dona psixotrop moddalar to‘xtatib qolingan.
Bundan tashqari, 1 mln dollarga teng naqd xorijiy valyuta ham to‘xtatib qolingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 barobarga ortgan. Shuningdek, birinchi chorakda bojxona xodimlari tomonidan qiymati 5,2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari, 170 ming quti tamaki mahsulotlari va 490 dona madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuvi oldi olingan.
“Yana bir yangilik - xalqaro tajribalar asosida joriy yilning 1 aprelidan boshlab Samarqand shahridagi yangi xalqaro aeroportda “sezilmaydigan bojxona nazorati” tizimi joriy qilindi. Yil yakuniga qadar mazkur tizim Toshkent, Farg‘ona va Termiz aeroportida ham joriy etiladi”, deydi Husan Tangriyev.
LiveBarchasi