Bojxona tizimida birdan 14 ta tayinlov amalga oshirildi

Jamiyat

image

Bugun, 27 mart kuni O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. 

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib xizmat qilib kelayotgan Mutalibjon Obidjonovich Soliyev Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib xizmat qilib kelayotgan Olimjon Hamidjonovich Xojimatov Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i;

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan Ilhombek Bozorboyevich Qozoqov  Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i;

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelayotgan Maqsudbek Rahimberganovich Qilichev Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i;

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelayotgan Baxtiyor Shavkatovich Murotov Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i;

Javlonbek Sa’dullayevich Davlatov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i;

Botirali Sobirjonovich Tolipov Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

Nodirbek Nohidjonovich Usmonov Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

Akmaljon Mahkamovich Hasanov Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

Soxibjon Olimjonovich Qurbonov Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

Ilhom Oralboyevich Sayidametov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

Erkin Ismatilloyevich Rahmatov Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

Nurmuxamad Jamgirbayevich Usmanov Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan Nasirov G‘ayrat “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing