Bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
10 aprel 2021 7512 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, O‘tkirjon G‘ayratovich Qodirov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tkirjon Qodirov bunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 aprel kuni yana bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Xususan, Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi