Bojxonachilar “metall chiqindilari” operatsiyasini fosh etishdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temiryo‘l chegara bojxona posti xodimlari yirik miqdorda metall mahsulotlarini O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yishdi. Bu haqida O‘zA xabar tarqatmoqda.

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biri tomonidan bojxonachilarga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarida metall chiqindilari olib kelinayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ammo vagonlardagi yuklar inspeksion ko‘rik majmuasi orqali bojxona nazoratidan o‘tkazilganda tayyor metall mahsulotlari borligi fosh etildi.

Ushbu 4 turdagi tayyor metall mahsulotlarining umumiy qiymati 1 milliard so‘mga teng bo‘lib, og‘irligi salkam 123 tonnani tashkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar