Boyovut tumani hokimi yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida hokim yordamchisi 3 ta tadbirkorlik sub’ektidan biriga fuqarolarning 371,5 million so‘m kredit mablag‘larini o‘tkazib bergani aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Boyovut tumani hokimi yordamchisi T.J.ning ta’sischiligida 3 ta tadbirkorlik sub’ekti tashkil etilgan. Shundan “B.L.B.” mas’uliyati cheklangan jamiyatga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln so‘m kredit mablag‘lari o‘tkazib berilgan va ushbu mablag‘lar maqsadsiz yo‘naltirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Boyovut tumani hokimi yordamchisi T.J.ga va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksning 167-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing