Botanika bog‘i vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
05 avgust 2022 7813 1 daqiqa
Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun 15 kunga yopildi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i joriy yil 5 avgustdan 20 avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi.
Bunga sabab 2022-2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rilishi va uning o‘tkazilishidir.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 8 avgust kunidan boshlanadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr