“Bosqinchilarga bosh egish, ularni to‘xtatmaydi” - Yelena Zelenskaya

Intervyu

image

Ukraina Birinchi xonimi Yelena Zelenskaya Italiyaning “Corriere della Sera” nashriga intervyu berdi. U Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqini, davom etayotgan mislsiz urush vaqtida ijtimoiy tarmoqlardagi xolis axborotlarning “feyk” ma’lumotlarga qarshi roli haqida gapirgan.

“Bilasizmi, men nimani hazm qilolmayman? Ikkinchi jahon urushi vaqtida ma’lumotlar bilan tanishish imkonsiz bo‘lgan. Fashistik mamlakatlar aholisi, ularning mamlakatlari sodir etgan jinoyatlardan bexabar bo‘lganliklarini vaj sifatida keltirib, o‘zlarini oqlashlari mumkin. Hozir esa Bucha va Mariupolda sodir bo‘lgan voqealardan xabardor bo‘lish insonlarning o‘ziga bog‘liq. XXI asrga kelib har bir inson zimmasidagi mas’uliyat yanada ortdi, lekin buni hamma ham tushunib yetgani yo‘q”, degan Ukraina birinchi xonimi.

U so‘zida davom etarkan, yevropaliklarning “Ukrainaga qurol yetkazib berishi urushni yanada avj olishiga olib keladi”, degan fikriga munosabat bildirgan. 

“Qurolli qotil siz tomon yugurganda “patsifist” (urush va qon to‘kilishiga qarshi – tahr.) bo‘lish - hayotingizdagi oxirgi qaror. Tasavvur qiling-a, rus bosqinchilari sizning mamlakatingizga, sehrli Milan yoki Neapolga bostirib kirishdi. Ular Rimning atrofini egallab, shahar atrofidagi aholini o‘ldirishdi. Ularning raketalari har kuni Bolonyadagi uylarga uchadi. Keyin esa u yerdan jonsiz bolalarni olib ketishadi. Va bu vaqtda kimdir “Qurollaringizni qo‘ying, qarshilik qilmang!”, deb aytadimi?”, Vladimir Zelenskiyning rafiqasi. 

U urush davrida Ukrainani ayblayotganlarga shunday maslahat bergan: 

“Ota-onangizni bomba bilan o‘ldirgan yoki bolalaringizning maktabiga bomba tashlagan odam bilan gaplashib ko‘ring”.

Davlat rahbarining rafiqasi, shuningdek, ukrainaliklar nafaqat o‘z mamlakati va xalqini, balki Yevropani himoya qilayotganini urg‘ulagan. 

“Siz muhim narsani tushunishingiz kerak: bosqinchi, zo‘ravonlarga taslim bo‘lsangiz, u hech qachon to‘xtamaydi. U yanada battar qiladi. Ular sizgacha yetib bormasligiga kim kafolat beradi? Men buni xohlamasdim. Bosqinni hoziroq to‘xtating. Ukrainaliklar nafaqat o‘zlarini, balki Yevropani muhofaza qilishmoqda”, deydi birinchi xonim. 

Ma’lumot o‘rnida, “Corriere della Sera” Italiyada 1876 yildan buyon chop etiladigan kunlik nashr bo‘lib, mamlakatdagi eng ko‘p tirajli gazeta hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Elena Zelenskaya

Baholaganlar

377

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing