Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasi 2 soatga qisqarishi mumkin
Jamiyat
−
09 mart 2023
6898O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasi 16 soat etib belgilanishi mumkin. Bu haqda Ta’lim nazorati inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida 2023 yilning may oyiga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagog stavkasini 16 soat etib belgilash bo‘yicha taklif tayyorlash vazifasi belgilangan.
Shuningdek, davlat dasturida 2023 yilning may oyiga qadar umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha taklif tayyorlash belgilangan.
Bundan tashqari, davlat dasturiga ko‘ra joriy yilning 1 aprelidan boshlab Respublika bo‘yicha jami 27 ming nafar professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining oylik maoshlari 20 foizga oshirilib, o‘rtacha 3 mln so‘mga teng bo‘ladi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun joriy yilda 139 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistondagi maktablarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning pedagog stavkasi 18 soatni, yuqori sinf o‘qituvchilarning stavkasi esa 20 soatni tashkil qiladi.
LiveBarchasi