Boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Sardor Berdimuhamedov Prezident bo‘ldi

Olam 17472
image

Turkmanistonda o‘tkazilgan navbatdan tashqari Prezident saylovida amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov g‘alaba qozondi.

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Sardor Berdimuhamedovga saylovda qatnashganlarning 72,97 foizi ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonda navbatdan tashqari Prezident saylovi joriy yilning 12 mart kuni o‘tkazildi. Mamlakat bo‘ylab 2577 ta saylov uchastkasi ochildi, 41 tasi respublika tashqarisida. Hammasi bo‘lib 3,4 milliondan ortiq saylovchi ro‘yxatga olingan. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 97,11 foizi saylovda qatnashgan.

Saylovda jami 9 ta nomzod qatnashdi. Ammo Sardor Berdimuhamedov nomzodini ko‘rsatgach, u asosiy da’vogar sifatida ko‘rildi va bu bejiz emasdi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 885
Reyting: 3
t
×