“Boshqa tashkilotlar”ga ajratilgan mablag‘lar nega maxfiy? Moliya vaziri javob berdi

Jamiyat

image

“2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining beshinchi ilovasida birinchi darajadagi byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratilgan mablag‘larning cheklangan miqdorlari to‘g‘risidagi jadvalning oxirida “boshqa tashkilotlar”ga degan nom ostida 23,5 trillion so‘m ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisida senator Abira Xuseynova mana shu “boshqa tashkilotlar” deganda qaysi tashkilotlar tushunilishi va ushbu tashkilotlarning nomlari nega ochiqlanmasligi haqidagi savol bilan Moliya vaziri Timur Ishmetovga yuzlandi.

Moliya vaziri savolga javob berar ekan, ushbu ma’lumotlarning ochiq emasligi sababini xavfsizlik masalalari bilan bog‘ladi. Shuningdek, Ishmetov ma’lumotlarning faqatgi parlament so‘roviga asosan, yopiq holatda taqim etilishi mumkinligini aytdi.

“Har qanday davlatda bo‘lgani kabi boshqa tashkilotlarda harbiylashgan yo‘nalishlar bor va ushbu mablag‘larni ochiqchasiga yo‘nalish va vazirlik kesimida e’lon qilish xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Buni butun xalqaro standartlarda belgilangani kabi ularni oshkor qilolmaymiz. Lekin, albatta parlament so‘roviga asosan, barcha ma’lumotlarni yopiq holatda ochiqlashimiz mumkin”, deya tushuntirdi vazir.

Yalpi majlisga raislik qilayotgan Senat raisi Tanzila Norboyeva Moliya vazirining ma’lumotlarni parlamentga oshkor qilinishi mumkinligi haqidagi javobiga “chunki, xalq talab qilyapti, to‘g‘rimi?”, deya qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Timur Ishmetov bugun bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisida O‘zbekistonda vaksina sotib olish va koronavirus tadbirlari uchun 3 trillion so‘m ajratilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing