Bosh vazirlikka nomzodning qanday o‘tmishi bor?

Olam

image

Xabaringiz bor, kecha, 15 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati va Bosh vazir Dmitriy Medvedev iste’foga chiqdi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga yangi Bosh vazir sifatida Mixail Mishustin nomzodini kiritdi. Xo‘sh, Mishustin kim? Uning qanday o‘tmishi bor? Putin nega uni tanladi? 

Mixail Vladimirovich Mishustin 1966 yil 3 martda Moskvada tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1989 yilda Moskva Davlat Texnologik universitetini (STANKIN) “injener-sistemotexnik” yo‘nalishi bo‘yicha yakunlagan. Aspiranturani ham shu universitetda tugatgan.

2003 yilda Plexanov nomli Rossiya iqtisodiy akademiyasini tugatgan va “Rossiyada davlat soliq ma’muriyati” mavzusida dissertatsiya yoqlagan.

2010 yilda Rossiya Xalq xo‘jaligi akademiyasida Iqtisodiyot fanlari doktori unvonini olgan.

1992 yildan boshlab Mishustin "Xalqaro kompyuter klubi" nomli tashkilotda ishlagan.  Bu notijorat tashkilot bo‘lib uning maqsadi xorijdan “eng ilg‘or zamonaviy axborot texnologiyalarini jalb qilish” bo‘lgan. 1996 -1998 yillarda ushbu tashkilot boshqaruv raisi bo‘lgan.

1998 yildan boshlab Davlat Soliq inspeksiyasining rahbari Boris Fyodorovning yordamchisi bo‘lgan. Soliq to‘lovlarini nazorat qiluvchi axborot tizimlari uchun javob bergan. Shu yilning avgustida Soliq inspeksiyasining rahbari o‘rinbosari bo‘lgan.

1999 – 2004 yillarda Soliq qo‘mitasi nomi o‘zgarishi munosabati bilan Soliq vazirlari Georgiy Boss, Aleksandr Pochinok va Gennadiy Bukayevlarning o‘rinbosari bo‘lgan.

2004 – 2006 yillarda Rosnedvijimost (Federal kadastr agentligi) rahbari lavozimida ishlagan.

2006 – 2008 yillarda Maxsus iqtisodiy hududlarni boshqaruvchi agentlik “RosOEZ”ga rahbarlik qilgan.

2008 – 2010 yillarda UFG Capital Partners nomli xususiy investitsion kompaniya prezidenti bo‘lgan. Ushbu lavozimda Mishustin turli venchur va ko‘chmas mulk fondlarini ishga tushurish, hududlarda biznesni rivojlantirish bilan shug‘ullangan.

2008 -2010 Bir vaqtning o‘zida Mishustin “Oliy iqtisodiyot maktabi” Davlat univestitetining ilmiy rahbari bo‘lgan.

2010 yilning aprel oyidan boshlab yana davlat xizmatiga qaytgan. Mishustin Federal Soliq xizmati rahbari lavozimiga tayinlangan.

U I darajali Rossiya davlat maslahatchisi. “Hurmat”, “Vatan uchun xizmatlari” ordenlari bilan mukofotlangan.

“Rossiya davlat soliqchiligining axborot-texnologik asoslari” nomli kitob muallifi.  

SSKA xokkey klubi kuzatuvchi a’zosi, Rossiya Xokkey Federatsiyasi boshqarmasi a’zosi, Rossiya xalq xo‘jaligi akademiyasi ilmiy kengashi a’zosi.

2018 yilda rasman e’lon qilgan daromadlari 18,9 mln rublni tashkil qildi, turmush o‘rtog‘ining daromadi – 47 mln rubl.

Uylangan, 3 nafar o‘g‘li bor. Xokkey o‘ynash va pianino chalishni yaxshi ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Mishustin

Baholaganlar

294

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing