Bosh vazirga murojaat qilgan talabalar Rossiyadan qaytarildi
Jamiyat
−
22 iyul 2020
8656Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali olib kelindi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar sanitariya qoidalariga ko‘ra tekshiruvdan o‘tdi. Ularning yuklari ham tegishli tartibda dezinfeksiya qilindi.
Tomsk shahri Sibir federal okrugida tahsil olayotgan bu talabalar sog‘lig‘ini saqlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda karantinga olinadi. So‘ngra oilasi bag‘riga qaytadi.
Avvalroq, talabalarning O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga murojaati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
LiveBarchasi