Lotin yozuviga o‘tish haqida kirill alifbosida topshiriq berildi
Jamiyat
−
05 iyul 2021
11722O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan barcha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek mahalliy hokimliklarga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq yuborildi.
Unda 1 avgustga qadar quyidagilar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo‘lishi ta’minlanishi kerakligi ta’kidlangan:
• barcha joy va ko‘cha nomlari;
• atamalar;
• tashkilotlarning nomlari;
• peshlavhalar;
• ommaviy targ‘ibot vositalari;
• reklama va e’lonlar;
• ish qog‘ozlari va turli blanklar.
Shunisi e’tiborliki, Vazirlar Mahkamasining lotin yozuviga o‘tishni jadallashtirish to‘g‘risidagi topshirig‘i kirill alifbosida yozilgan va tegishli idoralarga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingandi. Farmon bilan 2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari tasdiqlangandi.
LiveBarchasi