Bosh vazir o‘rinbosari va Ortiqxo‘jayev TikTok trendiga raqsga tushdi (video)

Jamiyat

“Tashkent city”da joylashgan Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlar forumi — 2020”ning tantanali ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ham TikTok ijtimoiy tarmog‘ida sahifasi bor ekani ma’lum bo‘ldi.

Tadbir davomida boshlovchi ishtirokchilardan kimlar TikTokda shaxsiy sahifaga ega bo‘lsa, qo‘lini ko‘tarishini so‘radi. Ko‘pchilik ichida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham qo‘lini ko‘tardi.

Shundan so‘ng barcha TikTok ijtimoiy tarmog‘ida ommalashgan musiqaga raqsga tushdi. Shu jumladan, shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ham TikTok trendiga raqsga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing