Bosh vazir Mirziyoyevga Rahmondan salom keltirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

O‘zbekiston rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Qohir Rasulzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har doimgidek samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, madaniy-gumanitar sohalar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirish muhimligi qayd etildi. 

Chegaradosh hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Tojikiston Qohir Rasulzoda

Baholaganlar

13

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing